Kim Çen In Singapur aeroportiga Air China Boeing 747 samolyotida keldi, deyiladi The Straits Times naşrida. Sönggi lahzalargaça KXDR yetakçisining Singapurga aynan qaysi samolyotda kelişi aniq bölmagan. Xavfsizlik nuqtai nazaridan bu haqidagi aniq ma'lumotlar sir saqlangan. 

Yaponiya OAVda Kim Çen Inning Singapurga özining şaxsiy layneri hisoblangan Il-62'da parvoz qilgani haqida xabar bergandi. Biroq Janubiy Koreyaning "Ryonxap" agentligi KXDR yetakçisini taşiş uçun Xitoy tomonidan taqdim etilgan Boeing 747'dan foydalanişi mumkinligini ma'lum qilgandi, bu samolyot odatda XXR oliy rahbariyatini taşişda qöllangan. Flightradar24 servisi 10 iyun kuni ertalab bu samolyotning Pxenyandan parvoz qilgandan söng öz manzilini Pekindan Singapur tomon özgartirgani haqida xabar bergan. 

KXDR yetakçisi joylaşgan samolyot mahalliy vaqt bilan soat 14:35 da Çangi aeroportiga qöngan. Kutib oliş marosimidan keyin Kim Çen Inning 35 avtomobildan iborat korteji St. Regis mehmonxonasi tomon yöl olgan. 

Foto: Reuters

Boeinğdan taşqari yana ikki samolyot Pxenyandan Singapurga parvoz qilgan. Kim Çen Inning şaxsiy Il-62 bortidan taşqari aeroportga şuningdek Il-76 yuk samolyoti ham yetib kelgan. NHK xabariga köra, bu samolyot bortida Kim Çen Inning şahar böylab harakatlanişiga möljallangan avtomobillar joylaşgan bölişi mumkin. KXDR hukumati Kim Çen In Si Tszinpin bilan uçraşiş uçun Xitoyning Dalyaniga parvoz qilganda ham xuddi şunday avtomobillar kortejini yetkazgan edi.

Donald Tramp va Kim Çen In örtasidagi uçraşuv 12 iyunda bölib ötişi kerak. AQŞ prezidenti rejalari bilan taniş manbalarning Bloomberğga ma'lum qilişiça, rasmiy muzokaralar boşlanmasidan avval Tramp In bilan şaxsiy muloqotni yölga qöymoqçi, unda faqat tarjimonlar bölişi aytilgan. 

Foto: Reuters
Foto: Reuters