Argentina terma jamoasi hujumçisi Lionel Messi xalqaro faoliyatini yakunlaşi ehtimoli borligini inkor qilmadi.

«Jahon çempionatidan söng, terma jamoadagi faoliyatimni yakunlaşim mumkinmi? Bilmadim, hammasi körsatgan natijamizga boğliq.

Biz uçta finalni yutqazdik, natijada Argentina matbuoti bilan bölgan munosabatlarda ba'zi qiyinçiliklar yuzaga keldi. Ular finalga çiqqanimizga boşqaça baho berişdi. Finalga çiqiş osonmas, bu qadrlanişi kerak edi.

Jahon çempionatida köplab yaxşi öyinçilar iştirok etadi, ammo Argentina ham har qanday terma jamoa orzu qiladigan futbolçilarga ega» - deb Messi sözlarini keltirmoqda Sport.es. 

Argentina terma jamoasi JÇ-2018 guruh bosqiçida Islandiya, Xorvatiya va Nigeriya bilan bellaşadi.