Şanxay hamkorlik taşkilotida raislik qiliş Xitoydan Qirğizistonga ötdi. Bu haqda Qirğiziston prezidenti ma'muriyati ma'lum qildi.
Bişkek taşkilotda 2018-2019 yillarda raislik qiladi. Taşkilotning keyingi sammiti 2019 yil 14-15 iyunda Bişkekda bölib ötadigan böldi.
Qirğiziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov Qirğiziston raislik qilişga va taşkilotning yanada rivojlanişiga özining munosib hissasini qöşişga tayyorligini ma'lum qilgan.”Qirğiziston raislik qiliş vaqtida ŞHTni 2025 yilgaça rivojlantiriş strategiyasidan kelib çiquvçi vazifalar va boşqa muhim dasturiy hujjatlarni amalga oşirişga e'tibor qaratadi”, deb aytgan Jeenbekov.











