Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan Avstriya hukumatining mamlakatda yettita masjidni yopiş va önlab imomlarni çiqarib yuboriş töğrisidagi qarorni tanqid ostiga oldi.
Bu haqda Deutsche Welle xabar bermoqda.
Aniqlik kiritilişiça, Turkiya yetakçisi bunday harakatlarni «islomga qarşi», deb atagan hamda şu munosabat bilan tegişli çoralar köriş niyatida ekanini ma'lum qilgan.
«Avstriya kansleri tomonidan qöyilgan bunday qadamlar xoç va yarim oy örtasidagi uruşga olib keladi, deb qörqaman», - deya aytib ötgan Erdöğan xristianlik va islom dinini nazarda tutib. U Istanbuldagi çiqişi davomida şunday bayonot berdi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Nyu-Yorkda imomni öldirgan şaxs umrbod qamalgandi.













