UzMobile kompaniyasi +882 prefiksidan kiruvçi va çiquvçi qönğiroqlarning barçasini vaqtinçalik töxtatib qöydi. Bu haqda kompaniya xabarida aytiladi.
«Hurmatli UzMobile abonentlari, şuni ma'lum qilamizki, firibgarlardan Sizga kelib tuşayotgan +882* prefiksli noma'lum qönğiroqlarni bartaraf etiş maqsadida tegişli xizmatlar tomonidan çora-tadbirlar amalga oşirildi. Hozirgi vaqtda +882 prefiksidan kiruvçi va çiquvçi qönğiroqlar vaqtinçalik töxtatib qöyilgan. Tuşunganingiz uçun minnatdormiz!», - deyiladi xabarda.
Eslatib ötamiz, avvalroq UzMobile abonentlari firibgarlarning ommaviy hujumiga uçragani xabar qilingandi.












