Avstriya hukumati kansler Sebastyan Kurts va vazirlarni qöriqlaş xizmatini kuçaytirişga qaror qildi. Bunga mamlakat hududida yettita masjid yopilişi va önlab imomlar çiqarib yuborilişi haqidagi xabarlardan söng ijtimoiy tarmoqlarda ularga tahdidlar köpaygani sabab bölgan, deb xabar qilmoqda OE24.

Ta'kidlanişiça, tahdidlar Facebook va Instagram orqali bildirilgan. Şunday xabarlar köpayganidan söng, Avstriya Konstitutsiyani himoya qiliş va terrorizm bilan kuraş böyiça Federal mahkamasi bu iş bilan şuğullana boşladi.

Kurts mamlakat hukumati Turkiya islom uyuşmasining 40 nafar imomini mamlakatdan deportatsiya qiliş qaroriga kelgani haqida ma'lum qilgandi. Uning sözlariga köra, Avstriya hududida yettita masjid ham yopiladi.  

Eslatib ötamiz, bundan avval Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan Avstriya hukumatining masjidlarni yopiş va imomlarni çiqarib yuboriş qarorini qoralagandi.