20-26 iyun kunlari Farğona vodiysining tört şahrida - Namangan, Andijon, Farğona va Qöqonda Open Air–Oltin Vodiy konsertlari bölib ötadi.
Özbekiston milliy simfonik orkestri, dirijyor Alibek Kabdurahmonov rahbarligidagi xonandalar, musiqaçilar tomoşabinlarni jonli musiqa sadolari bilan şod etişadi.
Kontsertlar ötadigan joylar sifatida zamonaviy teatrlar va qadimiy me'morçilik yodgorliklari oldidagi markaziy maydonlari tanlangan.
- Namanganda - Navoiy nomidagi viloyat musiqali drama va komediya teatri oldidagi maydonda;
- Andijonda - "Andijon Registoni"da;
- Farğonada - I.Karimov nomidagi teatr va konsert saroyi oldidagi maydonda;
- Qöqonda - Xudoyorxon saroyi oldidagi maydonda.
Maydonlarda 1,5 ming kişiga möljallangan yozgi konsert zallari taşkil qilinadi. Sahnalar katta ekranlar va yoruğlik uskunalari bilan jihozlangan, oqşom mavzusiga muvofiq bezatilgan.
Kontsert dasturlari har bir hudud xususiyatlarini inobatga olgan holda işlab çiqilgan. Dasturdan maşhur filmlar - "Mahallada duv-duv gap", "Maftuningman", "Çinor ostidagi duel" saundtreklari, turk seriallari musiqalaridan popurri, Botir Zokirov va Muslim Magamayev repertuarlaridan qöşiqlar, Çaykovskiy va Motsart asarlari, Andijon polkasi va Xorazm lazgisi kabilar örin olgan.
Open Air – oçiq osmon ostida ötkaziladigan klassik konsert formati, u dunyoning köplab mamlakatlarida maşhur, Özbekiston uçun esa mutlaqo yangi va noodatiy formatdir. Musiqiy loyiha maqsadi - Özbekistonda klassik va jonli musiqa tinglovçilari doirasini kengaytiriş.











