Farğona viloyatining Özbekiston tumanida fojia yuz berdi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi IIV Jamoatçilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boşqarmasi xabar qilmoqda.
Ma'lum bölişiça, Beşariq tumanida yaşovçi nafaqaxör N.R. “VAZ-2102” rusumli avtomaşinada Özbekiston tumani Begobod qişloğida joylaşgan “Ergaşali ustoz Murodov” fermer xöjaligiga örik mahsulotini terib oliş uçun borib, boğ içiga kirib ketib, birga olib kelgan 9 yoşli nabirasi M.A.ni nazoratsiz qoldirişi oqibatida, u avtomaşina salonida bölgan 5 litrlik yelim idişdagi benzin yoqilğisini tökib, gugurt bilan yoqib yuborgan.
Natijada avtomaşina salonida yonğin sodir bölib, M.A. kuyiş jarohatidan voqea joyida halok bölgan.
Yonğin şu yerda bölgan fuqarolar tomonidan öçirilgan.












