“Soğliqni saqlaş sohasida xususiy sektorni yanada rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi prezident qaroriga muvofiq xususiy tibbiyot muassasalariga bir qator soliq imtiyozlari taqdim etilgan.
“Huquqiy axborot” kanalining xabar berişiça, mazkur soliq imtiyozlari natijasida böşaydigan mablağlar aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga bepul tibbiy xizmat körsatiş uçun yönaltiriladi.
Xususiy tibbiyot muassasalari tomonidan bepul tibbiy yordam körsatiladigan toifaga quyidagilar kiradi:
• özgalarning parvarişiga muhtoj bölgan yolğiz keksalar va yolğiz yaşovçi keksalar;
• I va II guruh nogironlari, nogiron bolalar;
• muomalaga layoqatsiz va muomala layoqati çeklangan fuqarolar;
• ijtimoiy ahamiyatga molik kasalliklarga çalingan şaxslar;
• yetim bolalar va ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan bolalar;
• 1941-1945 yillardagi uruş nogironlari va qatnaşçilari, şuningdek ularga tenglaştirilgan şaxslar;
• 1941-1945 yillardagi uruş davrida mehnat jabhasining qatnaşçilari;
• qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ijtimoiy himoyaga muhtoj deb topilgan boşqa şaxslar.
Ijtimoiy himoyaga muhtoj şaxslarga bepul tibbiy xizmatlar körsatiş uçun ularning şaxsini va ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamga mansubligini tasdiqlovçi hujjatlarining mavjudligi (masalan nogironligi haqidagi ma'lumotnoma) asos böladi.
Ijtimoiy himoyaga muhtoj şaxslarga körsatiladigan bepul tibbiy xizmatlarning turlari va hajmi taşxis qöyiş va davolaş imkoniyatlaridan kelib çiqqan holda xususiy tibbiyot muassasalari tomonidan mustaqil ravişda belgilanadi.
Bepul tibbiy xizmatlar röyxati muassasaga kiriş yoki mijozlar uçun körinadigan joyda hamda ma'lumotlar peştaxtasida joylaştiriladi.












