7 oktabr kuni Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqoti bölib ötdi. Bu haqda Özbekiston prezidenti rasmiy sayti xabar tarqatdi.
Suhbat boşida Özbekiston rahbari Rossiya Federatsiya prezidentini tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, Rossiya yetakçisining ikki davlat örtasidagi strategik şeriklik va ittifoqçilik munosabatlarining rivojlanişi va çuqurlaştirilişi, köp qirrali va özaro manfaatli hamkorlikni kengaytirişdagi örni va bunga qöşgan katta şaxsiy hissasini alohida ta'kidlab ötdi.
Joriy yilning aprel oyida Rossiyaga samarali davlat taşrifi va oliy darajada ötkazilgan uçraşuvlar ikki tomonlama munosabatlarni yanada mustahkamlab, ularga aniq amaliy mazmun baxş etgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.
Aloqalarning sezilarli kuçaygani kuzatilmoqda: sönggi oylar davomida Özbekistonga Rossiya boş vazirining birinçi örinbosari, iqtisodiy hamkorlik böyiça Hukumatlararo qöşma komissiya hamraisi Igor Şuvalov, Xavfsizlik kengaşi kotibi Nikolay Patruşev, qişloq xöjaligi vaziri Aleksandr Tkaçev, sanoat va savdo vaziri D. Manturov, Tatariston rahbari R. Minnixanov va boşqalar taşrif buyurdi. Oliy va yuqori darajada bir qator özaro taşriflar rejalaştirilgan.
Özaro tovar ayirboşlaş hajmi dinamik ravişda ösib bormoqda - yil boşidan buyon tovar aylanmasi 3 milliard dollardan oşdi.
Rossiyaning yetakçi kompaniyalari va banklari iştirokida neftgaz va neftkimyo sohalari, metallurgiya, maşinasozlik, elektrotexnika sanoati, farmatsevtika, agrosanoat kompleksi, oziq-ovqat va boşqa sohalarda yirik sarmoyaviy loyihalar amalga oşirilmoqda.
Hududlar va ikki davlat işbilarmonlari darajasida amaliy hamkorlik faollaşdi. Madaniy-gumanitar aloqalar kengaymoqda.
Ta'kidlanişiça, xalqlar örtasidagi döstlik va özaro hamjihatlikni mustahkamlaşga Moskva va Butun Rus patriarxi Kirillning Özbekistonga yaqinda amalga oşirilgan taşrifi ham xizmat qildi.
Suhbat çoğida ikki tomonlama amaliy hamkorlikni yanada kengaytiriş masalalari muhokama qilindi. Şuningdek, xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb jihatlari böyiça fikr almaşildi.
Muloqot yakunida Özbekiston rahbari Rossiya prezidentini yana bir bor samimiy muborakbod etdi va unga sihat-salomatlik, farovonlik hamda doimiy muvaffaqiyatlar, döstona rus xalqiga esa tinçlik va farovonlik tiladi.
Rossiya rahbari Özbekiston yetakçisi va xalqiga samimiy tabriklar uçun minnatdorlik bildirib, Özbekiston-Rossiya strategik şeriklik va ittifoqçilik munosabatlarini yanada mustahkamlaşga qat'iy munosabatda ekanini ta'kidladi.












