AQŞ prezidenti Donald Trampning ma'lum qilişiça, Şimoliy Koreya rahbariyati raketa dvigatellarini sinovdan ötkaziş böyiça poligonni buzib taşladi hamda u yerda sinovdan ötkazilgan raketalarni yaqin vaqt içida yöq qilib taşlaydi. Bu haqda CNN xabar bermoqda.

«Rais Kim menga Şimoliy Koreya raketalar uçun dvigatellarni sinovdan ötkaziş böyiça eng yirik poligonni buzib taşlagani haqida xabar berdi», - deya aytib ötgan Tramp.

U KXDR yetakçisi bilan sammit yakunlari böyiça taşkil etilgan matbuot anjumani vaqtida şunday bayonot bergan.

«Bu katta iş. U yerda sinovdan ötkazilgan raketalar ham yaqin vaqt içida yöq qilib taşlanadi», - deya qayd etib ötgan AQŞ prezidenti.

Uning sözlariga köra, bundan kelişuvga qöşma bayonot imzolanganidan söng erişilgan, şuning uçun hujjatda tegişli ma'lumot yöqdir.

Eslatib ötamiz, avvalroq Tramp va Kim Çen In imzolagan hujjat surati paydo bölgandi.