Tvitterda AQŞ prezidenti Donald Tramp va KXDR oliy rahbari Kim Çen In sammitdan söng imzolagan yakuniy hujjat surati paydo böldi. Foto ABC jurnalisti Konor Finnegan tomonidan e'lon qilingan.

Yetakçilarning qöşma bayonotida aytilişiça, ular özaro çuqur va samimiy fikr almaşişgan. Şuningdek, unda Pxenyanning yadrosizlaniş tarafdori ekani ta'kidlanadi.
Bundan taşqari, bayonotda törtta band bor, ularda tomonlarning keyingi qadamlari aks etgan. Ulardan birinçisida har ikki davlatning yangi munosabatlarni örnatişga sodiqligi qayd etiladi.
«Qöşma Ştatlar va KXDR Koreya yarim orolida uzoq va barqaror tinç rejimini quriş uçun sa'y-harakatlarni birlaştiradi», - deyiladi ikkinçi bandda.
Uçinçi va törtinçi bandda yarim orolning yadrosizlanişi hamda Şimoliy Koreya hududida amerikalik harbiylar jasad qoldiqlarini qidiriş haqida söz yuritilgan.
Seşanba, 12 iyun kuni, Singapurda AQŞ - Şimoliy Koreya sammiti bölib ötdi. Davlatlar yetakçilari Sentos orolidagi «Kapella» mehmonxonasida yakuniy hujjatni imzolaşdi, uni Tramp va Kim Çen In «atrofliça», deb atadi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Tramp Kim Çen Inga özining limuzinini körsatgandi.












