Ijtimoiy tarmoqlarda joriy yilning sentabrida namoyiş qilinişi kutilayotgan iPhone smartfoni modeli tasviri paydo böldi.

Uşbu model 6,5 dyuym diagonalli OLED ekrani, bir kristalli Apple A12 tizimi, şuningdek uç asosiy kamera bilan ta'minlanişi qayd etilgan. Şunday bölsa-da, uç asosiy kamera borasida manbalar bahsi davom etmoqda. Ba'zilar uç asosiy kamerali iPhone keyingi yilda işlab çiqarilişini aytişsa, yana birovlar Apple kompaniyasi Huawei yölidan borib, şu kuzda Huawei P20 Pro smartfoni raqibini işlab çiqarişini ta'kidlaşmoqda.

Suratlarda şuningdek smartfon korpusi ölçamlari 157x 77 mm'ni taşkil qilişi körsatilgan. Bu uning iPhone 8 Plus smartfoni hajmiga teng bölişidan dalolatdir. 

Bundan taşqari, bir asosiy kamera bilan jihozlangan 6,1 dyuym diagonalli ekranga ega byudjyet iPhone modeli tasviri ham taqdim etilgan. Uning ölçamlari 147 x 71 mm'ga teng. Bu model ham tönğiç model kabi True Depth frontal kamera tizimi bilan ta'minlangan. 

Foto: ixbt.com
Foto: ixbt.com