Yahoo! Messenger 17 iyuldan boşlab işlaşni töxtatadi, deb yozmoqda The Republic.

Oath kompaniyasining (Yahoo! aktivlariga egalik qiluvçi Verizon bir qismi) e'lon qilişiça, internetda xabarlarni bir zumda almaşiş uçun ilk servislardan biri bölgan messenjer işi 17 iyuldan töxtatiladi.

«Hozir bizda Yahoo! Messenger’ni almaştiriş uçun mahsulot yöq. Biz yangi xizmatlar va dasturiy ta'minot böyiça sinovlar ötkazmoqdamiz, ulardan biri Yahoo Squirrel ilovasi bölib, u guruhlarda xabarlar almaşişga möljallangan», - deya ta'kidlab ötişgan Oath’dan.

Yahoo! Messenger faol foydalanuvçilari sonini oşkor qilmaydi, biroq kompaniya xizmatlarining barça foydalanuvçilari Messenger’da avtomatik ravişda röyxatdan ötadi.

Xabar berilişiça, sönggi 20 yil davomida yuz millionlab insonlar xizmatdan foydalandi.

Oath Yahoo Messenger nima sababdan yopilayotganini oşkor qilmagan, biroq ular aniq va barçaning tilida bölgan katta röyxatdan iboratdir: WhatsApp, Facebook Messenger, Snapchat, WeChat, Viber, Skype, Telegram va hokazo.

Yahoo! Messenger 1998 yilda taşkil etilgan bölib, bir neça yil davomida xabarlar almaşiş böyiça eng maşhur servis hisoblangan.