«Lokomotiv» darvozaboni Ignatiy Nesterov Özbekiston çempionatlaridagi 400-öyinni ötkazdi, deb xabar beradi PFL.
Superliga 13-turi doirasidagi «Metallurg»ga qarşi keçgan bahs tajribali posbon uçun yubiley öyin sifatida tarixga kirdi.
17 yoşida debyut qilgan Ignatiy Nesterov 400lik marrani zabt etgan dastlabki darvozabonga aylandi. U 400 ta öyindan 215 tasida öz darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.
Ta'kidlaş joizki, Ignatiy Nesterov hozirga qadar “Samarqand-Dinamo” (2001), “Paxtakor” (2002-2009), “Bunyodkor” (2009– 2013) jamoalari şarafini himoya qilgan. 2014 yildan boşlab esa “Lokomotiv” darvozasini qöriqlab kelmoqda.
Superliga 15-turidan örin olgan “Lokomotiv” – OKMK öyinidan oldin Ignatiy Nesterovga PFL tomonidan maxsus esdalik sovğasi topşirildi.












