Tesla kompaniyasining taxminan 4 ming xodimi elektromobillar işlab çiqaruvçisi tuzilmasidagi özgarişlar tufayli işdan böşatiladi. Bu haqda Business Insider kompaniya rahbari Ilon Maskka asosan xabar bermoqda.
Ta'kidlanişiça, Tesla biznesini optimallaştiriş tufayli işdan böşatiş zarurati paydo bölgan. Maskning kompaniyaga yöllagan rasmiy maktubida aytilişiça, Tesla sönggi bir neça yil davomida «ösdi va rivojlandi», bu xodimlarning ba'zi majburiyatlari takrorlanişiga sabab böldi. Uning fikriça, hozir bu pozitsiyalarning bor ekanini «oqlaş muşkul», biroq ular bundan avval dolzarb bölgan.
Mask ma'lum qilişiça, xodimlarning taxminan 9 foizi işdan böşatiladi. Portal ma'lumotlariga köra, hozirgi paytda Tesla ştatida 46 ming xodim bor. Şu tariqa, taxminan 4 ming mutaxassis öz iş joyidan mahrum böladi.
Kompaniya rahbarining ta'kidlaşiça, Tesla 15 yil davomida yillik daromadni olib kelmadi. Uning fikriça, kompaniya tomonidan barqaror daromadga yetişiş jahonga ekologik toza energetikaga tezroq ötişda yordam beradi.












