2018 yilning 14-15 iyun kunlari Özbekiston Respublikasining toğ va toğoldi hududlarida sel kelişi xavfi mavjud. Bu haqda FVV Favqulodda vaziyatlarda boşqaruv Markazi xabar bermoqda.

Uşbu hududlarda ob-havo özgaruvçan, ayrim joylarda yoğingarçilik kutiladi, momaqaldiroq bölişi mumkin. Şamol şarqdan ğarbiy yönalişga özgarib 7-12 m/s (25-43 km/soat), 15 iyun kuni şamol tezligi 20 m/s (72 km/soat)gaça kuçayişi, joylarda 15-20 m/s (54-72 km/soat)gaça kuçayişi kutiladi.

«Toğ va toğoldi hududlarida yaşovçi aholi diqqatiga! Ehtiyot çoralarini körişingizni, hamda avariya va boşqa noxuş holatlar vujudga kelganda, FVVning (+99871) 147-10-50 "Tezkor raqam”iga murojaat etişingizni iltimos qilamiz», - deyiladi xabarda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Qamçiq dovonidagi sel haqida rasmiy ma'lumot berilgandi.