Gavayidagi Kilauea vulqoni lavasi Katta oroldagi Grinleyk kölini 90 daqiqa içida buğlatib yubordi. 

Ka Vay Pele nomi bilan ham ma'lum bölgan köl 400 yilça avval hosil bölgan.

 

Kilauea vulqoni otilişi may oyi boşida boşlangandi. Öşandan beri yaqin atrofdagi odamlarni evakuatsiya qiliş davom etmoqda. Biroq hozir lava qoçiş uçun oxirgi yölni tösib qöyişi mumkin. Agar bu yuz bersa, Katta oroldan ketişning imkoni qolmaydi.

Tabiiy ofat yuzlab uylarni vayron qilgan. Aholi nafaqat lavadan, balki havoda töplanayotgan zaharli gazlardan xavfsiramoqda. Lavaning dengiz suviga tuşişi oqibatida zaharli bulut hosil bölgan.