Rossiya Xitoy, Hindiston yoki Braziliyaga qaraganda, «katta yettilikka» kirişga kamroq imkoniyatlarga ega, deb yozmoqda USA Today.

Rossiya, Xitoy, Hindiston va Braziliya iqtisodiyotlari taqqoslansa, Moskva ularning YaIM fonida G7’ga a'zo bölişga da'vogarlik qiliş uçun kam imkoniyatga ega. Naşr Rossiyaning G7’ga kiritilişi qarorini «katta ambitsiyaga ega» deb atagan. Bundan taşqari, Rossiya jahondagi eng yirik önta iqtisodiyot orasiga kirmaydi. Şuningdek, mamlakat «korrupsiyalaşgan kapitalistik iqtisodiyot va liberal bölmagan demokratiyaga ega», deb yozadi USA Today.

Rossiya «katta sakkizlik» xalqaro şakliga 1997 yilda qöşilgan, uning kiritilişi siyosiy va iqtisodiy islohotlarga umid bilan keçgan. Masalan, Bill Klinton ma'muriyati Rossiyani şu şaklga taklif etiş tarafdori bölgan bölib, tuğilayotgan demokratiyani mustahkamlaş hamda Boris Yeltsin rahbarligi vaqtida erkin bozorni faollaştirişga umid qilgan. Biroq, Qrim Rossiya tarkibiga 2014 yilda qöşib olingaç, u xalqaro şakldagi uçraşuvlarida qatnaşmay qöydi.

USA Today’ning fikriça, hattoki Ukrainada 2014 yilda yuz bergan hodisalar e'tiborga olinmasa ham, Rossiya G7’ga kirişga baribir juda kam imkoniyatlarga egadir. «Katta yettilikka» kiritiliş böyiça yagona variantga Rossiya hukumatining «demokratik hukumat va oçiq iqtisodiyotni» xohlaşi aylanişi mumkin, bu esa ayni damda kuzatilmayapti, deb xulosa qiladi USA Today.

Eslatib ötamiz, avvalroq Ukraina Britaniyaga Rossiya tajovuzkorligiga qarşi kuraşiş böyiça taklif bilan çiqqandi.