Bugun, 14 iyun kuni Rossiyada jahon çempionati öyinlariga start beriladi.
2010 yil 2 dekabr kuni mundialni ötkaziş mezbonligi bu mamlakatga topşirilgan edi. Oradan 2751 kun ötib, Rossiya öz eşiklarini dunyo terma jamoalari va muxlislar uçun oçmoqda.
Bir neça soatlardan söng, Moskvadagi «Lujniki» stadionida musobaqaning oçiliş marosimi boşlanadi. Soat 20:00da maydonga Rossiya va Saudiya Arabistoni terma jamoalari tuşib kelişadi.
32ta jamoa, 736 nafar futbolçi, önlab hakamlar, stadiondagi ön minglab muxlislar, TV ekrani oldidagi millionlab odamlar bir oy davomida hamnafas bölişadi.
Futbol bayrami boşlanmoqda!













