Şavkat Mirziyoyev futbol böyiça jahon çempionati oçiliş marosimida iştirok etadi. Bu ma'lumot prezidentning matbuot kotibi Komil Allamjonov tomonidan rasman tasdiqlangan.
«Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan futbol böyiça jahon çempionatining oçiliş marosimida iştirok etiş uçun 2018 yil 14 iyun kuni Moskva şahriga taşrif buyuradi», deya yozgan u feysbukdagi sahifasida.
Bundan oldinroq Rossiya naşrlari çempionatning oçiliş marosimiga KXDR Oliy xalq majlisi prezidiumi raisi Kim Yon Nam, Saudiya Arabistoni valiahd şahzodasi Muhammad bin Salmon, Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev, Belarus - Aleksandr Lukaşenko, Boliviya - Evo Morales, Qozoğiston - Nursulton Nazarboyev, Qirğiziston - Sooronbay Jeenbekov, Panama - Xuan Karlos Varela, Tojikiston - Imomali Rahmon, Paragvay - Orasio Kartes, Ruanda - Pol Kagame, Armaniston boş vaziri - Nikol Paşinyan, Livan - Saad Haririylar qatorida Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev ham kelişi haqida xabar bergandi.












