Şimoliy Koreya OAV Singapurdagi sammitni KXDRning «buyuk ğalabasi» deb atadi, deya yozmoqda «Bi-bi-si».
Şimoliy Koreya OAV davlat tomonidan butunlay nazorat qilinadi va siyosiy voqealarga kamdan-kam izoh beradi. Kim Çen Inning faoliyati real vaqt rejimida undan ham kam yoritiladi.
Biroq Singapur sammiti Kim Çen Inning AQŞ prezidenti Donald Tramp yonida turgani tasvirlangan köplab fotosuratlari bilan barça birinçi sahifalarni egalladi.

«Nodon sinmun» davlat gazetasi sammitni «asr uçraşuvi» deb atagan. Koreya Markaziy telegraf agentligi ingliz tilida optimistik maqola e'lon qilib, yetakçilar uçraşuviga tarixiy inqilob, deya baho berdi.
Markaziy telegraf agentligi ikki yetakçini teng tasvirlab, Kim Çen Indan iqtibos keltirgan. Unda «bir-biriga nisbatan qözğatuvçi va şafqatsiz harbiy harakatlarni töxtatiş töğrisida jiddiy qaror qabul qiliş» haqida aytiladi. Markaziy telegraf agentligi har ikki yetakçining AQŞ va Şimoliy Koreyaga özaro hurmat ramzi sifatida taşrif buyuriş istagi haqida ham xabar berdi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Tramp Kim Çen Inga iPad’da KXDR kelajagini körsatgani xabar qilingandi.












