Yurtimizda muborak Ramazon hayiti şukuhi köngillarga quvonç ulaşmoqda. Navoiy viloyatida ham ana şu muqaddas ayyomning mazmun-mohiyatini odamlarga tuşuntiriş, ularni ruhiy poklik, yaxşilik va hamjihatlikka da'vat etişga bağişlangan qator tadbirlar bölib ötmoqda. Muqaddas qadamjo va ziyoratgohlarni obodonlaştiriş, ehtiyojmand kişilarni moddiy va ma'naviy qöllab-quvvatlaş borasidagi ezgu işlarda esa, davlat va nodavlat taşkilotlar bilan birga, keng jamoatçilik ham faol qatnaşmoqda.
Ramazon oyida Navoiy viloyatidagi 78 ta jome' masjidida taroveh namozlari öqildi va ularda 4,5 mingga yaqin yurtdoşlarimiz iştirokida Qur'oni karim xatmonalari qilindi.
Barça mahallalarda Ramazon hayitini azaliy urf-qadriyatlarimiz, milliy hamda diniy an'analarimizga munosib tarzda nişonlaş maqsadida yordamga muhtoj va ehtiyojmand kişilar, kam ta'minlangan, boquvçisini yöqotgan, yakka-yolğiz yaşovçi, nogironligi bölgan oilalarga yaqindan kömaklaşilmoqda.
14 iyun kuni viloyatda 210 nafar jismoniy imkoniyati çeklangan fuqarolarga nogironlik aravaçalari, 43 nafar uy-joyga muhtoj, mehnatga layoqatlilik darajasi çeklangan va ehtiyojmand fuqarolarga namunaviy loyihadagi arzon uylar, şinam xonadonlar kalitlari tantanali ravişda topşirildi.
Viloyat hokimi Q.Tursunov tadbirda sözga çiqib, yurtimizda xalqning orzu-maqsadlarini röyobga çiqariş, uning turmuş darajasini yuksaltirişga alohida e'tibor qaratilayotganini ta'kidladi. Ayniqsa, özgalar kömagiga muhtoj, jismoniy imkoniyati çeklangan aholi uçun munosib turmuş şaroitlarini yaratiş, emin-erkin yaşaşi, öz imkoniyatlari darajasida mehnat qilişiga keng yöl oçiş davlatimiz siyosatining ustuvor yönalişlaridan biri ekani viloyat hokimi tomonidan alohida qayd etildi.
Karmana tumanidagi «Oqşom» tantanalar maskanida nogironligi bor şaxslarga maxsus aravaçalar topşirilib, bayram dasturxoni taşkil etildi. Köngli yarim insonlar bunday xayru saxovat tadbirlari hamda e'tibordan mamnun ekanliklarini izhor etişdi.
Navoiy şahridagi köp yillardan buyon yotoqxona sifatida foydalanib kelingan bino turar joyga moslaştirilib, nogironligi bor hamda boquvçisini yöqotgan oilalarga berildi. Şaharning «Yangiobod» mahallasida yolğiz farzandi va singlisi qaramoğida ijarada yaşab kelayotgan I guruh nogironi Marhabo Jörayevaga 2 xonali şinam uyning kaliti topşirildi.











