“Haj” tadbirini taşkil etiş va ötkaziş hukumatning 2017 yil 7 iyundagi qarori bilan tasdiqlangan “Haj” va “Umra” tadbirlarini taşkil etiş va ötkaziş tartibi töğrisida nizom bilan tartibga solinadi, deb xabar bermoqda “Huquqiy axborot” kanali.
“Haj” tadbiri Din işlari böyiça qömita va Saudiya Arabistoni podşohligi Haj vazirligi örtasida har yili imzolanadigan şartnoma asosida amalga oşiriladi.
“Haj” tadbirini taşkil etiş va ötkaziş bilan boğliq ma'lumotlar (fuqarolarning haj va umra safarlariga navbati, safar uçun ajratilgan örinlar, tölovlarning miqdori va boşqalar) muntazam ravişda Özbekiston musulmonlari idorasi rasmiy veb-saytida e'lon qilib borilişi lozim.
“Haj”ga boriş uçun talabgor doimiy yaşaş joyidagi fuqarolarning özini özi boşqariş organiga ariza hamda pasporti nusxasini taqdim etişi kerak.
Ariza ularning doimiy yaşaş joylaridagi fuqarolarning özini özi boşqariş organlari tomonidan yil davomida qabul qilinib, navbatga qöyib boriladi.
“Haj”ga borişga navbatga qöyiladigan nomzodlar quyidagi talablarga javob berişi lozim:
• nomzod moddiy va jismoniy jihatdan “Haj” tadbiriga qodir bölişi;
• “Haj” amallarini töğri va töla-tökis ado etişi uçun yetarli diniy bilimga ega bölişi;
• nomzod ma'naviyati, ma'rifati va odob-axloqi bilan mahallada obro‘-e'tiborga ega bölişi;
• oilasidagi muhitning soğlomligi va farzandlarining ijobiy tavsiflanişi, mahalla fuqarolar yiğinidagi ijtimoiy-ma'naviy muhitni yaxşilaşda ibrat böla olişi;
• yöldan adaşganlarni soğlom turmuş tarziga qaytariş, ularning ijtimoiy moslaşuviga yordam berişi, mahalla fuqarolar yiğinida ötkaziladigan xayriya tadbirlarida iştirok etişi.
Bundan taşqari “Haj”ga bormoqçi bölgan fuqaro:
• “Haj”ga ilgari bormagan bölişi;
• voyaga yetgan bölişi;
• 45 yoşgaça bölgan ayollar uçun mahramlari (eri, otasi, öğli, akasi, ukasi va h.k.)ning ham birga borişi hamda mahram ekanligini tasdiqlovçi hujjat (pasport, tuğilganlik haqida guvohnoma va nikoh tuzilganligi haqida guvohnoma) nusxasi taqdim etişi lozim.
Saralaş natijasiga köra Hajga borişga navbatga qöyiladigan nomzodlar röyxati tegişli hududdagi masjid va fuqarolarning özini özi boşqariş organlari binolarida e'lon qilinadi hamda 15 kun mobaynida ular böyiça jamoatçilik fikri örganiladi.
Jamoatçilik tomonidan bildirilgan taklif yoki e'tirozlar 5 kun muddatda körib çiqiladi va tekşiriladi.
“Haj”ga boradigan ziyoratçilarni röyxatga oliş uçun mahalla organlari tuman (şahar) hokimligi muhri bilan tasdiqlangan, varaqlari raqamlangan, ip ötkazib tikilgan jurnal yuritadi.
Har yili “Haj” mavsumlari boşlanişidan oldin mahalla organlari tegişli kvota tasdiqlangandan keyin ikki kun mobaynida, ajratilgan kvotaga muvofiq özining hududidan “Haj”ga boradigan ziyoratçilar röyxatini navbat böyiça tuzadi hamda imzo va muhr bilan tasdiqlagan holda tuman (şahar)lar hokimliklari huzuridagi “Haj” va “Umra”ni taşkil etiş va ötkaziş masalalari böyiça taşkiliy guruhga taqdim etadi.
Röyxat böyiça navbati kelgan fuqarolar taşkiliy guruh tomonidan Saudiya Arabistoniga jönaşdan kamida bir oy oldin yozma şaklda poçta orqali xabardor qilinadi. Fuqaroning poçta orqali xabardor qilinganligini tasdiqlovçi hujjat taşkiliy guruhda saqlanadi.
Röyxat böyiça navbati kelgan, biroq ziyoratga bormaydigan yoki ziyoratga boriş imkoni bölmagan fuqarolardan bu haqda ariza olinadi.
“Haj”ga mahrami bilan borişi lozim bölgan ayollarning navbatga yozilgan mahrami ziyoratga bora olmagan taqdirda uning örniga ayolning boşqa mahrami borişi mumkin.
“Haj”ga boriş uçun röyxatda turgan fuqaroning öz navbati kelganda muayyan sabablarga köra ziyoratga boriş imkoni bölmasa, u ariza bilan navbatini bir yilgaça muddatga orqaga surişi mumkin.
Bir yildan söng ham fuqaroning muayyan sabablarga köra ziyoratga boriş imkoni bölmasa uning navbati bekor qilinadi.
Poçta orqali xabardor qilingan fuqaro ziyoratga oid işlarni amalga oşiriş uçun taşkiliy guruhga murojaat qilmasa, taşkiliy guruh vakili mazkur fuqaroning yaşaydigan manziliga borib, fuqaroni yoki uning yaqin qarindoşlarini yoxud u bilan birga yaşaydigan boşqa şaxslarni yozma tarzda xabardor qiladi.
Yozma xabardor qilingan fuqaro taşkiliy guruhga murojaat qilmasa yoki fuqaroning yaqin qarindoşlari yoxud u bilan birga yaşaydigan boşqa şaxslar navbatda turgan fuqaroning muayyan sabablarga köra ziyoratga bora olmasligini ma'lum qilsa, taşkiliy guruh tomonidan fuqaroning yaqin qarindoşlari yoki u bilan birga yaşaydigan boşqa şaxslar bilan hududdagi fuqarolar yiğini raisi va içki işlar organlarining profilaktika inspektori iştirokida dalolatnoma tuzilib, mazkur fuqaroning navbati bekor qilinadi.
Navbatda turgan fuqarolarning öz navbatini özaro almaştirişiga yoki uni röyxatda turmagan fuqarolarga berişiga yöl qöyilmaydi.













