Gavayi Katta orolidagi Kilauea vulqoni otilişi oqibatida yaşil rangdagi mineral toşlar - zumradga öxşaş bölgan olivin lava yordamida çiqarib taşlandi. Bu haqda Daily Mail gazetasi yozmoqda.

Bunday kiçik ölçamdagi toşlar vulqon jinslarida böladi. Ta'kidlanişiça, aholi vulqon otilişidan söng köçalar va sohilböylarida paydo bölgan toşlarni yiğib olmoqda hamda tegişli fotosuratlarni e'lon qilmoqda. Olivin turlaridan biri - peridot - qimmatbaho toş sanaladi. Uning narxi bir qirot uçun 450 dollargaça çiqişi mumkin.

Foto: Twitter /Erin Jordan
Foto: Twitter /Erin Jordan

Gazetaning qayd etişiça, vulqon 40 kundan beri otilmoqda. Buning oqibatida qurbon bölganlar yöq, biroq lava 600ga yaqin uyni yöq qilib taşladi.