Ta'kidlash joizki, Google bunday xizmatni yo‘lga qo‘yayotgan birinchi korporatsiya emas. Microsoft bunga qadar oflayn neyrotarmoqli tarjimon ishlab chiqqan. Biroq siz va biz uchun bu kompaniyalarning o‘zaro raqobatga kirishishini va ularni o‘z mahsulotlarini yanada yaxshilash ustida ishlashlarini, oxir-oqibat bundan foydalanuvchilar manfaatdor bo‘lishini bildiradi. 

Google'ga ko‘ra, 15 iyun kunidan boshlab barcha Android va iOS foydalanuvchilari neyrotarmoqli tarjima funksiyasidan foydalanishlari mumkin bo‘ladi. 

Ishlab chiquvchilar 59 xil til paketlari qo‘llab-quvvatlanishi haqida ma'lum qilishmoqda. Bir til paketi hajmi taxminan 35 megabaytni tashkil qiladi.

Umuman olganda, mazkur bosqichda Google dasturchilari ijod mahsuli jozibasi Microsoft mahsuliga qaraganda ko‘proq: til paketlari raqib mahsulotidan yengilroq, shu bilan birga, Google mahsuloti hatto eng byudjyet modellardagi qurilmalarda ham ishlaydi (Microsoft'da esa buning uchun maxsus chip kerak bo‘ladi). Shuningdek til paketlari jihatidan ham Google ustun - 59 paketga qarshi 11 paket.