Apple kompaniyasi özining iPhone smartfonlariga nosanktsion kiriş imkonini qiyinlaştiriş uçun kerakli çoralarni qabul qiladi. Reuters agentligi şu haqida xabar berdi.
Kompaniya smartfonlarning operatsion tizimiga özgarişlar kiritmoqçi - qurilma bir soat davomida blokdan yeçilmasa, u va kompyuter örtasidagi USB orqali aloqa tugatiladi. Apple vakillari şu orqali iPhone egalarining şaxsiy ma'lumotlarini firibgar va jinoyatçilardan himoya qilmoqçi ekanini ma'lum qildi.
Bundan taşqari, kompaniya hukumat smartfonlarni beixtiyor tortib olişi mumkin bölgan mamlakatlarda yaşovçi foydalanuvçilarning qurilmalarni qöllaş xavfsizligiga e'tibor qaratmoqda. Özgarişlar iOS12 mobil operatsion tizimida va iOS11'ning sönggi versiyalaridan birida amalga oşiriladi.
Maqolada qator firmalar USB yordamida iPhone xavfsizlik tizimining parolni töğri kiritişga urinişga nisbatan çeklovlarga tegişli sozlamalarini özgartiriş imkonini beruvçi uskunani işlab çiqişayotgani qayd etilgan. Usul keng tarqalmoqda.
Manbaga köra, kompaniya mijozlarni xakerlar va firibgarlardan himoyalaş uçun özining har bir mahsuloti xavfsizlik tizimlarini mustahkamlamoqda. Kompaniya şuningdek huquqni muhofaza qiliş organlari faoliyatiga hurmat bilan munosabatda bölişi va ularning işini qiyinlaştiriş fikridan yiroq ekanini qöşimça qilgan.












