Moskvaning «Lujniki» stadionida futbol böyiça jahon çempionatining tantanali oçiliş marosimi ötkazildi.

Tadbirda Rossiya prezidenti Vladimir Putin, britaniyalik qöşiqçi Robbi Uilyams, rossiyalik opera xonandasi Aida Garifullina va Braziliya terma jamoasi tarkibida 2 karra jahon çempioni Ronaldo iştirok etdi. 

Marosim bevosita jahon çempionatining 1-turidan örin olgan Rossiya - Saudiya Arabistoni öyinidan oldin ötkazildi.

Eslatib ötamiz, musobaqa Rossiyaning 11ta şahrida ötkaziladi: Moskva, Sankt-Peterburg, Samara, Saransk, Rostov-na-Donu, Soçi, Qozon, Kaliningrad, Volgograd, Nijniy Novgorod va Yekaterinburg. Final öyini 15 iyul kuni «Lujniki» stadionida bölib ötadi.

Foto: REUTERS
Foto: REUTERS
Foto: REUTERS
Foto: REUTERS
Foto: REUTERS
Foto: REUTERS
Foto: REUTERS
Foto: REUTERS
Foto: RIA Novosti
Foto: REUTERS