«Rosatom»ning «TVEL» yonilği kompaniyasi Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi instituti (YaFI) maydonçasida foydalaniluvçi VVR-SM tadqiqot reaktori uçun yadroviy yonilği jönatdi. Bu haqda kompaniya saytida xabar berilgan.

«Buyurtmaçiga Novosibirsk kimyo konsentratlar zavodida işlab çiqarilgan IRT-4M 56ta oltita quvurli issiqlik ajratuvçi yiğilmalar», - deyiladi xabarda.

VVR-SM reaktori uçun yadro yoqilğini yetkazib beriş böyiça kelişuv 2017 yilning noyabr oyida «TVEL» AJ va YaFI örtasida imzolangan.

VVR-SM reaktori yadro fizikasi, radiatsion materialşunoslik, faollaştiriş tahlili, minerallarning nurlanişi sohasidagi tadqiqotlarni olib borişda, şuningdek, tibbiy va sanoat maqsadlarida radioizotoplarni işlab çiqarişda işlatiladi. Qurilma 2015 yilgaça Rossiyada işlab çiqarilgan yadro yoqilğisi bilan barqaror ta'minlangan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev atom energetikasini Rossiya bilan hamkorlikning strategik yönalişi, deb hisoblaşi haqida xabar berilgandi.