Normativ-huquqiy hujjatlarning muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining «Özbekiston Respublikasining Ekologik ta'limni rivojlantiriş konsepsiyasini tasdiqlaş töğrisida»gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

Hujjat bilan quyidagilar:

Özbekiston Respublikasining Ekologik ta'limni rivojlantiriş konsepsiyasi;

Kontseptsiyani amalga oşiriş böyiça yöl xaritasi tasdiqlanişi mumkin.

Quyidagilar Kontseptsiyaning asosiy vazifalari etib belgilanadi:

"Ta'lim töğrisida" va "Tabiatni muhofaza qiliş töğrisida"gi Özbekiston Respublikasi Qonunlariga muvofiq uzluksiz ta'lim tizimida ekologik ta'limni rivojlantirişning asosiy prinsiplarini (tamoyillarini) belgilaş, ularni izçillik bilan bosqiçma-bosqiç ta'lim-tarbiya jarayoniga tatbiq qiliş va buning asosida ekologik ta'limning samaradorligini yangi bosqiçiga olib çiqiş;

ta'lim dasturlarini mavjud ekologik muammolar va ularni bartaraf etiş, maişiy çiqindilar bilan boğliq işlarni amalga oşirişga doir faoliyatdan kelib çiqib, takomillaştiriş;

ta'lim oluvçilarning e'tiborini umumbaşariy ekologik muammolarga qaratiş orqali ona tabiatning qayta tiklanmas manbalarini saqlab qolişga bölgan mas'uliyatini kuçaytiriş;
 
ta'lim oluvçilarga ekologik ta'lim va tarbiya berişning va bu boradagi ma'rifiy işlarning samarali şakllari hamda uslublarini işlab çiqiş va joriy etiş;

yangi ijtimoiy-iqtisodiy şaroitlarda ekologik ta'limning talab qilinadigan darajasi va sifatini, kadrlar tayyorlaş tizimining amalda faoliyat körsatişi va barqaror rivojlanişining kafolatlarini, ustuvorligini ta'minlovçi normativ, moddiy-texnika va axborot bazasini yaratiş;

ekologiya va atrof muhitni muhofaza qiliş böyiça davlat boşqaruvi organlari va ta'lim sohasida özaro manfaatli hamkorlikni rivojlantiriş.

Belgilanişiça, quyidagilar Yöl xaritasi tadbirlarini moliyalaştirişning asosiy manbalari hisoblanadi:

Özbekiston Respublikasi Davlat byudjyeti mablağlari;

Özbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qiliş davlat qömitasining byudjyetdan taşqari mablağlari;