Afğoniston şarqida joylaşgan Nangarhor viloyatining poytaxti Jalolobod şahrida sodir bölgan portlaşda 20 kişi halok böldi. Reuters axborot agentligining ma'lum qilişiça, portlaş “Tolibon” va hukumatning vaqtinçalik yaraşuvi nişonlanişi vaqtida yuz bergan.
Avvalroq ToloNews telekanali 17 kişi halok bölganini ma'lum qilgan. Telekanalning ta'kidlaşiça, portlaş Ramazon hayiti nişonlanişi vaqtida yuz bergan.
Viloyat gubernatori vakilining ma'lum qilişiça, taxminlarga köra, “toliblarga qaraşli maşinalardan biri içida raketa portlab ketgan”.
Avvalroq Afğoniston prezidenti Aşraf Ğani Ramazon oyi yakunlanişi va Ramazon hayiti bayrami nişonlanişi munosabati bilan 11 iyundan 19 iyungaça toliblar bilan bir tomonlama öt oçiş töxtatilişini e'lon qilgandi. Keyinroq “Tolibon” Ramazon hayiti munosabati bilan 3 kunga öt oçişni töxtatişini e'lon qilgan.

















