Mamlakatimizda moddiy madaniy meros obektlari, xususan, tabarruk qadamjolarni, Özbekiston şaharlarining tarixiy qiyofasini saqlab qolişda samarali çora-tadbirlarni amalga oşiriş, tarixiy va me'moriy yodgorliklarni butun insoniyat uçun qimmatli osori atiqalar sifatida asrab-avaylaş va qayta ta'mirlaşga alohida e'tibor qaratib kelinmoqda.

Namangan şahrida “Özbek davlatçiligi tarixida Axsikent şahrining örni” mavzuida ötkazilgan xalqaro ilmiy-amaliy anjuman ham dunyo tamadduniga ulkan hissa qöşgan milliy-madaniy yodgorliklar, tarixiy obidalar va osori-atiqalarni asrab-avaylaş hamda uni keng tadqiq etişning dolzab masalalariga bağişlandi.

Foto: Namangan viloyati hokimligi

Namangan viloyati hokimligi, Namangan davlat universiteti, Namangan muhandislik-quriliş, muhandislik-texnologiya institutlari, “Axsikent” arxeologiya merosi obektini muhofaza qiliş va tadqiq etiş direksiyasi hamkorligida taşkil etilgan konferensiyada davlat va nodavlat taşkilotlari, siyosiy partiyalar vakillari, yurtimiz tarixçi-olimlari bilan birga AQŞ, Xitoy, Yaponiya, Italiya, Qozoğiston davlatlaridan arxeologiya sohasi mutaxassislari, talaba yoşlar, ommaviy axborot vositalari xodimlari iştirok etişdi. 

Foto: Namangan viloyati hokimligi

Konferentsiyada sözga çiqqan Namangan viloyat hokimi, senator Xayrullo Bozorov, Namangan davlat universiteti rektori Abdusalom Umarov, Özbekiston Fanlar Akademiyasi Arxeoloya instituti Toşkent bölimi rahbari, tarix fanlari doktori, professor Abdulhamid Anorboyev va boşqalar jadal suratlarda rivojlanib jahon hamjamiyatida özining munosib örniga ega bölgan yurtimizning boy tarixi, uzoq ötmişimiz sir-asrorlaridan darak berib turguvçi obidalarimiz, arxeologik yodgorliklari dunyo ilm ahlining katta qiziqiş va e'tiboriga sazovor bölayotganini ta'kidlaşdi.

Foto: Namangan viloyati hokimligi

E'tirof etiş joiz, özining ikki ming yillik tarixiga ega bölgan Namangan zamini turizm öçoqlari, tarixiy yodgorliklari, moddiy madaniy meros obektlariga boy bölgan muqaddas zamin sifatida nom qozongan. Bu diyordagi maşhur Axsikent, Munçoqtepa, Ayritom, Muğtepa kabi me'moriy yodkorliklar ötmişda uşbu hududda öziga xos sivilizatsiya va boy madaniyat rivojlanganidan dalolat beradi.