Dunyoda şunday kasblar borki, ular hayot qadri haqida öylaşga majbur qiladi. Bunday kasblar hayot uçun tahdid soluvçi xavfli kasblardir. "Best top 10" ma'lumotlariga köra, quyidagilar eng maşaqqatli va xavfli kasblar hisoblanadi:
1. Konçilar

Konçi kasbi dunyodagi eng xavfli kasblardan biri hisoblanadi. Kondagi faoliyat yiliga minglab kişilar hayotiga zomin böladi. Metan portlaşi, toğ jinslarining köçişi, çeklangan şaroitlar va havoning minimal darajada bölişi, tonnalab toğ jinslari ostida ekaningizni his qiliş - bularning bari bilan har bir daqiqa oxirgisi bölişi mumkinligi heç gap emas.
2. Saperlar

Saper yoki portlovçi predmetlarni zararsizlantiriş böyiça mutaxassis ham dunyodagi eng xavfli kasblar röyxatida yetakçi örinlarni egallaydi. Bunday odamlar ayniqsa jangovor harakatlar ötkaziluvçi joylarda talabgor, yuzlab kişilar hayoti ularning xatti-harakatlariga boğliq. "Saper faqat bir marta adaşadi, bu kasbda ikkinçi imkon bölmaydi", deb bekorga aytişmaydi.
3. Örmonçilar

Uşbu kasb haqqoniy ravişda dunyoning eng xavfli kasblaridan biri hisoblanadi. Örmonçilar bir neça tonnalik daraxtlar qulaşidan, ularni saralaş jarayonida qöllanuvçi uskunalardan ham halok böladi. Oğir mehnat köpinça jiddiy kasalliklarga sabab böladi va ba'zan nogironlikni keltirib çiqaradi.
4. Elektrçilar

Statistikaning guvohlik berişiça, 100 ming işçiga oxir-oqibat ölim bilan tugovçi 33 baxtsiz hodisa töğri kelar ekan, bu esa juda yuqori körsatkiç. Eng qiyin işlar yuqori voltli elektr ötkazgiç liniyalari montaji va ta'miri bilan şuğullanuvçilar zimmasida, çunki bu xavflardan taşqari, elektrçilar aksariyat holatlarda balandlikda işlaşadi.
5. Politsiyaçilar

Huquqni muhofaza qiliş organlari işçilari, politsiyaçilar va harbiy xizmatçilar köpinça boşqalarni qutqarib, öz hayotlarini xavf ostiga qöyişadi. Harbiylar, politsiyaçilar, maxsus kuçlar xizmatçilari minglab kişilarning hayotini saqlab qolib, özlarinikini xavf ostiga qöyişadi va bu ular uçun qahramonlik emas, töğridan-töğri burçdir.
6. Baliqçilar

Ajablanmang! Statistikaga köra, baliqçilik bilan şuğullanuvçi har 100 ming kişiga 117 ölim holati töğri kelar ekan. Bu maşğulotda baxtsiz hodisalar - oddiy holat.
7. Uçuvçilar

Uçuvçilar öz salomatligi va hayotini xavf ostiga qöyib, samolyot bortidagi yuzlab yölovçilar hayoti uçun javobgarlikni öz zimmalariga olişadi. Falokat yuz bergan taqdirda omon qoliş imkoni minimal bölgani bois uçuvçi kasbi xavfli hisoblanadi.
8. Burğulovçilar

Uşbu kasb vakillari yuqori haroratda oson yonuvçi moddalar bilan işlaşga majbur. Aynan şuning uçun burğulovçi kasbi dunyodagi eng xavfli kasblar önligidan joy olgan.
9. Öt öçiruvçilar

Öt öçiruvçi – dunyodagi eng xavfli kasblardan biri. Bu kasb vakillari oğir jismoniy va ruhiy bosim şaroitlarida işlaşadi, boşqa odamlar hayoti ularga boğliq böladi. Öt öçiruvçilarning aksariyati ötkir respirator kasalliklardan aziyat çekadi.
10. Yuk maşinalari haydovçilari

Bu iş faoliyatida köplab yoqimsiz vaziyatlarga duç keluvçi odamlardir. Ular kunu tun katta masofalarni bosib ötişlariga töğri keladi. Şu bilan birga, yuk maşinalari haydovçilari taşilayotgan yuk uçun ham mas'uldirlar. Boz ustiga, YTH xavfi haqida ham unutmaslik kerak.











