2018 yil 11-13 iyun kunlari Germaniyaning Bonn şahrida Deutsche Welle (Nemis tölqini) teleradiokompaniyasi taşabbusi bilan Global media forum (Global Media Forum) bölib ötdi. 11-marotaba ötkazilayotgan anjuman jurnalistika, raqamli media, siyosat, biznes, fuqarolik jamiyati va akademiyalar orasidan obröli va qaror qabul qilişda ta'sir körsata oladigan şaxslar bir joyda töplanadigan yagona xalqaro maydondir. KUN.UZ muxbiri ham iştirok etgan Xalqaro media forum Global inequalities – Global notenglik deb nomlandi va juda yuqori saviyada taşkil etildi.



Unda siyosatçilar, ekspertlar, tahlilçilar va jurnalistika sohasining ustalari qatnaşib, tadbir iştirokçilari bilan öz fikrlari, ğoyalarini örtoqlaşişdi. Xususan, forumda BMT Inson huquqlari kengaşining din va e'tiqod erkinligi böyiça maxsus ma'ruzaçisi Ahmad Şahid, Afğoniston sobiq prezidenti Hamid Karzay, Yevropa komissiyasi Raqamli iqtisodiyot böyiça mulozimi Mariya Gabriel, Germaniya taşqi işlar vazirligi yuqori lavozimli vakili Mişel Muntefering kabi siyosatçilar iştirok etdi. Bu yil taşkil etilganining 65 yilligini nişonlayotgan Deutsche Welle boş direktori Peter Limburg kiriş sözi bilan anjumanni boşlab berdi. Bundan taşqari, Germaniyaning Afğoniston va Pokistondagi maxsus vakili Markus Pottsel ham ekspert sifatida qatnaşdi.





Anjumanning ikkinçi kuni BMT Inson huquqlari kengaşining din va e'tiqod erkinligi böyiça maxsus ma'ruzaçisi Ahmad Şahid Deutsche Welle boş redaktoriga intervyu berdi va tadbir iştirokçilarini qiziqtirgan savollarga javob qaytardi. Şundan söng, forumning yuqori minbaridan Afğonistonning sobiq prezidenti Hamid Karzay mamlakatida va jahonda röy berayotgan voqea-hodisalar yuzasidan fikr-mulohazalari bilan örtoqlaşdi.




U nutqining yakunida 7 mlrdlik insoniyat 200dan ortiq xonada istiqomat qilayotgan bir oila a'zolari ekanini ta'kidlar ekan, turli çaqiriqlar va muammolarga qarşi birgalikda kuraşiş lozimligini ta'kidladi.


Umuman 3 kunlik tadbir doirasida 83ta sessiya ötkazildi, 150dan ortiq mamlakatdan kelgan iştirokçilar özlarini qiziqtirgan mavzular böyiça muhokamalarda qatnaşişdi. 12 iyun kuni “Freedom of Speech Award 2018” mukofoti topşirildi. Bu yilgi sovrin Eronning Tehron universiteti, siyosiy fanlar professori Sodiq Zibaqalamga taqdim etildi.
Aytiş mumkinki, forum turli media sohada faoliyat yurituvçi mutaxassislar uçun aloqalar va yangi hamkorlarni topişda öziga xos maydon böldi. Qolaversa, turli mavzular böyiça ekspertlar fikrlari bilan tanişiş imkoniyati taqdim etilişi jihatidan foydali böldi.











