«Demokratik markaz» hukmron partiyasidan nomzod Ivan Duke Kolumbiya prezidentligi uçun saylovlarning ikkinçi turida ğalaba qozondi. Bundan uşbu mamlakat Milliy saylov kengaşi ma'lumotlari darak beryapti, hozirça byulletenlarning 93,25 foizi hisoblab çiqildi.

Uning raqibi, «Prezident Petro» koalitsiyasidan nomzod Gustavo Petro 41,54 foiz ovoz töpladi.

Birinçi tur vaqtida 99,84 foiz uçastkalardan olingan byulletenlarning qayta işlanişi şuni körsatdiki, Duke uçun saylovçilarning 39,14 foizi, Petro uçun esa - 25,09 foizi ovoz bergan. «Kolumbiya» koalitsiyasidan nomzodi ilgari surilgan Serxio Faxardo (23,74%) uçinçi örinda edi.

Petro Dukening saylovlar ikkinçi turidagi ğalabasini tan oldi. U yakşanba kuni Twitter’dagi sahifasida tegişli xabarni qoldirgan. "Hozirça biz hukumat bölmaymiz", - deya yozdi u. Şu bilan birga, Petroning ta'kidlaşiça, özining natijasini mağlubiyat, deb hisoblamaydi. "Kolumbiyaning sakkiz million aholisi. Bu mağlubiyat emas", - deya yozdi u.