Forbes ma'lumotlariga köra 20 mlrd dollarga ega bölgan Ilon Maskning kompaniyasi - The Boring Company Çikagodagi ÖXara xalqaro aeroportiga tezyurar poyezdni quriş uçun bir neça milliard dollarlik tenderni yutib oldi, deb xabar bermoqda Bloomberg vaziyatdan xabardor manbaga asosan. Keyinçalik, Boring Co. bu ma'lumotni özining Twitter’dagi sahifasida tasdiqladi. «Biz Çikagogaça bu yangi tezyurar transport tizimini quriş uçun mer va şahar bilan hamkorlik qilişdan juda mamnunmiz», - deyiladi xabarda.

Loyiha yer osti tunnellaridan iborat bölib, ularda har birining siğimi 16 kişi bölgan pilotsiz platformalar soatiga 160 km tezlikda harakatlanadi. Maskning rejasiga köra, yöl qurilib bölgaç, yölovçilar aeroportdan şahar markaziga atigi 12 daqiqada taxminan 20-25 dollar evaziga borişi mumkin böladi. Hozirda çikagoliklar aeroportga Çikago tranzit boşqarmasi poyezdida 5 dollarga borişlari mumkin, ammo yöl taxminan 40 daqiqa davom etadi.

Bloomberğning ta'kidlaşiça, bu atigi 18 oy muqaddam işga tuşirilgan kompaniya uçun jiddiy ğalaba bölib, u «isbotlanmagani futuristik ğoyalar bilan işlaydi», hamda qurilişda deyarli real tajribaga ega emas. Bunda faqat Kaliforniya ştatidagi Los-Anjyeles şahri yaqinida qurilayotgan Xotorn sinov tunneli istisno bölişi mumkin. Şuningdek, Çikago ekspressining qurilişi kompaniyaga Los-Anjyeles va Vaşingtondagi transport loyihalarini oliş imkonini yaratadi, u bularga ham da'vogarlik qilmoqda. «Ilon Mask texnologiyasi işlaşini isbotlaş uçun imkoniyat qidirmoqda, hamda Çikago uni non va tuz bilan kutib olmoqda», - deydi Çikagodagi De-Paula Universiteti metro rivojlanişi böyiça Çaddik Instituti direktori Jo Şviterman.

«Biz mağlubiyatga uçraşni yoqtirmaydigan yigit, hamda uning resurslariga işonmoqdamiz. Yölda köplab Tesla’lar harakatlanmoqda. Şuningdek, SpaceX’ni işga tuşirdi. U kerakli narsani isbotlab böldi», - deya ma'lum qiliş şahar meri Rem Emanuel. 

Loyiha şunisi bilan ğayrioddiyki, unda davlat tomonidan moliyalaştiriş talab etilmaydi - qurilişning barça xarajatlari ğolibning yelkasiga tuşadi. Ammo, loyiha Mask kompaniyasiga qançaga tuşişi hozirça noma'lum. Chicago Tribune manbasiga köra, gap kamida 1 mlrd dollar haqida ketmoqda. 

Eslatib ötamiz, avvalroq Tesla minglab xodimlarini işdan böşatayotgani xabar qilingandi.