2018 yil 14 iyun O.Murodov rahbarligidagi Özbekiston Respublikasi delegatsiyasi BMTning Narkotiklar va jinoyatçilik böyiça Boşqarmasiga (BMT NJB) taşrif buyurdi.
BMT Boş kotibining muovini, BMT NJB Ijroçi direktori Yuriy Fedotov delegatsiya bilan uçraşuv davomida Özbekistonda keçayotgan yangilanişlarning yuqori dinamikasini e'tirof etdi.
Ikki tomonlama hamkorlikni muhokama etiş jarayonida Yu.Fedotov tomonidan 2017 yil noyabr oyida Toşkentda Özbekiston Respublikasi prezidenti Ş.M.Mirziyoyev bilan bölib ötgan uçraşuv va imzolangan Hamkorlik yöl xaritasining ahamiyatini ta'kidlandi.
Xorijiy hamkorlarga Özbekistonda inson huquqlari, jamoat tartibi va xavfsizlikka raxna soluvçi global tahdidlarga qarşi kuraş sohasida olib borilayotgan keng kölamli işlar yuzasidan ma'lumot berildi.
Xususan, davlatning jinoyat-huquqiy siyosati jinoyat oqibatlari bilan kuraşiş yönalişidan qonunbuzarliklarning barvaqt profilaktikasi va oldini olişga tomon özgarayotganligi hamda bu jarayonda prokuratura organlarining alohida örni ta'kidlandi.
Uçraşuv mobaynida Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi va BMT NJB örtasida özaro anglaşuv Memorandumi imzolanib, unda transmilliy uyuşgan jinoyatçilik, korrupsiya va boşqa jinoyatlar yuzasidan hamkorlikning asosiy yönalişlari va şakllari belgilandi.
Imzolangan hujjatning amaliy tatbiq etilişi masalalari muhokama qilinib, Memorandum hamkorlikni yangi sifat darajasiga kötariş maqsadini közlaşi ta'kidlandi. Xususan, özaro amaliy hamkorlik yuzasidan aniq tadbirlar rejasi tuziş masalasida kelişuvga erişildi.
Bu borada Departament direktori D.Brandolino, şuningdek adliya, terrorizmga qarşi kuraşiş, kiberjinoyatçilik, noqonuniy pul aylanmasi va boşqa seksiya rahbarlari bilan işçi uçraşuvlar taşkil etildi.










