Twitter’da Golem ota taxallusi ostida qayd qilingan foydalanuvçi jadvallar bilan işlaşga möljallangan Microsoft Excel dasturining barça – 17 mlrd 179 mln 869 ming 184 ta katagini töldirib çiqdi. U buni amalga oşiriş uçun 2 yil vaqt sarflagan.

Foto: twitter.com/Otets Golem

Foydalanuvçining aytişiça, u barça kataklarni maxsus skript (dastur) qöllamagan holda qölda tölğazib çiqqan. Foydalanuvçi buning uçun barça ustunlar va qatorlarni raqamlab çiqqan, söngra ularning qiymatlarini köpaytirib, mos katakka kiritgan. Xabarovsklik blogerning xabarda ma'lum qilişiça, u buni “şunçaki qiziqiş” sababli amalga oşirgan.

Natijada u yaratgan fayl 200 megabaytdan kattaroq çiqqan va uni  oçiş uçun naq 10 daqiqa kutiş kerak böladi.

Excel dasturida hammasi bölib 1048576 ta qator va 16384 ta ustun mavjud.