Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ispaniya hukumati diktator Frankoning qoldiqlarini qayta ko‘mish istagini bildirdi
Foto: lavanguardia
Ispaniyada iyun boshida hokimiyat tepasiga kelgan sotsialistlar Shahidlar vodiysidagi bazilikda dafn etilgan sobiq diktator Fransisko Frankoning qoldiqlarini boshqa joyga ko‘mish istagini bildirmoqdalar. Ispaniyaning yangi bosh vaziri Pedro Sanches bu g‘oyani qo‘llab-quvvatladi.
“2017 yilda parlament tomonidan qabul qilingan rezolyutsiyada Franko qoldiqlarini eksgumatsiya qilish, ularni Frankoning yaqinlariga topshirish va Shahidlar vodiysi fashizm qurbonlari yodgorligiga aylanishi lozimligi aniq aytilgan. Avvalambor, yarashuv uchun. 40 yildan keyin... Ispaniya ispanlarni bir-biridan ayro qiluvchi ramzlarga yo‘l qo‘ya olmaydi”, deb aytgan Sanches TVE televideniyesiga.
Shahidlar vodiysi 1940-yillarda Frankoning buyrug‘i bilan 1936-1939 yillarda fuqarolik urushida halok bo‘lganlar xotirasiga qurilgan yodgorlik majmuasi hisoblanadi. Uni qurishda asirga olingan respublikachilar mehnatidan foydalanilgan, ulardan ko‘pchiligi qurilish ishlari vaqtida vafot etgan. Vodiyda 34 ming kishi dafn etilgan. Bazilikda faqatgina ikkita qabr bo‘lib, ulardan biri Frankoga, ikkinchisi “Ispan falangasi” asoschisi Antonio Primo de Riveraga tegishli.
Ispaniya sotsialistik ishchi partiyasi 2007 yildayoq frankizm ramzlaridan qutulish va Shahidlar vodiysi ahamiyatini o‘zgartirishni nazarda tutuvchi tarixiy xotira haqidagi qonunning qabul qilinishiga erishgan.
Yodgorlik majmuasiga ko‘pincha Frankoning izdoshlari, neofalangachilar va o‘ta radikal tashkilotlar a'zolari tantanali marosimlar o‘tkazish uchun tashrif buyurishadi, jumladan ular bu yerga Frankoning vafot etgan kuni kelishadi.
Mavzuga oid
09:22 / 10.12.2025
Ispaniyada RFdan qochgan uchuvchini o‘ldirish ishi bo‘yicha tergov vaqtincha to‘xtatildi
13:24 / 01.12.2025
Madridda Pedro Sanchesga qarshi o‘n minglab kishi norozilikka chiqdi
10:19 / 24.11.2025
O‘zbekiston va Ispaniya zaytunchilikda hamkorlikni kuchaytiradi
08:19 / 19.11.2025