18 iyunda Qirğizistonning sobiq boş vaziri Jontöra Satibaldiyev Bişkek issiqlik energiya markazini (IEM) modernizatsiya qilişda yöl qöyilgan korrupsiyaga aloqadorlik gumoni bilan hibsga olindi. Bu haqda Qirğiziston milliy xavfsizlik davlat qömitasi matbuot xizmati ma'lum qildi.

Yanvarda IEMda yuz bergan avariyadan keyin Qirğizistonda uşbu strategik obektning modernizatsiya qilinişi böyiça yirik mojaro avj olgan. IEM Xitoy mablağlari hisobiga modernizatsiya qilingan va bunga 386 mln dollar sarflangan. Şuningdek, uşbu iş böyiça avvalroq Qirğizistonning yana bir sobiq boş vaziri Sapar Isakov, Bişkekning sobiq meri Kubaniçbek Kulmatov, sobiq energetika vaziri Osmonbek Artikbayev hibsga olingandi.

Satibaldiyev jinoyat kodeksining “Jinoyatda iştirok etiş” va “Korrupsiya” moddalarida közda tutilgan jinoyatlarni sodir etiş gumoni bilan uşlangan. Satibaldiyev IEMning modernizatsiyasi böyiça hujjatlar imzolangan vaqtda mamlakat  boş vaziri lavozimini egallagan. U ayni vaqtda vaqtinçalik izolyatorga jönatilgan. Sud yaqin orada unga nisbatan ehtiyot çorasini belgilaydi.