18 iyunda Moskvaning Taganka sudi şahar markazida piyodalarni urib yuborgan taksiçini 2 oyga hibsga olişga qaror qildi.

Qirğiz millatiga mansub, Çingiz Anarbek öğli ismli taksiçi 16 iyunda Ilinka köçasida yöl çetidan ketayotgan piyodalarni urib yuborgan. Oqibatda 7 kişi jarohat olgan. Taksiçi voqeadan keyin qoçişga uringan, biroq uşlab olingan. 

Tergov ayblanuvçiga nisbatan ehtiyot çorasi sifatida uni 2 oyga hibsga olişni söragan. Ayblanuvçi 16 avgustgaça panjara ortida ötiradi.

Qirğizistonning Jalolobod şahridan bölgan ayblanuvçi sudda öz aybini töliq tan olgan va bölgan voqeadan puşaymondaligini aytgan. Uning aytişiça, u bir oy avval taksiga işga ötgan va qarzlaridan qutuliş uçun tinimsiz işlagan. Maşinani esa ijaraga olgan bölgan.

Ayblanuvçining aytişiça, u bir neça kun davomida tölaqonli uyqu bilmagan holda işlagan va voqea vaqtida toliqqani sababli gaz va tormoz tepkilarini adaştirib qöygan. 

Qirğizistonning Rossiyadagi elçixonasi xodimlari hamyurtlari yonini olib, Rossiya Jinoyat kodeksiga köra, agar voqea oqibatida odamlar soğliğiga oğir şikast yetmagan bölsa, jinoiy iş qözğatilmasligi kerakligini maktub orqali bildirişgan.  

Qirğiz diplomatlarining fikriça, taksiçi ma'muriy tartibda jazolanişi lozim. Ularning ta'kidlaşiça, ayblanuvçi har qanday şaroitda ham hibsga olinmasligi kerak. Qirğiziston elçixonasi ayblanuvçiga uy qamoği belgilansa, unga vaqtinçalik boşpana berişga tayyorligini bildirgan. Erkakning himoyasi bu taklifni qöllab-quvvatlagan. 

Tergov öz navbatida ayblanuvçi tergov izolyatoriga joylaştirilmasa, jumladan xorijga qoçib ketişi mumkinligini aytgan. Ayblanuvçining özi esa yöl transport hodisasidan keyin “olomon uni öldirib qöyişi mumkinligidan qörqib, qoçişga tuşganini” aytgan.

Rossiya Jinoyat kodeksiga köra, ayblanuvçiga 2 yillik qamoq jazosi berilişi va haydovçilik guvohnomasidan mahrum qilinişi mumkin.