Moskva markazida piyodalarni urib yuborgan taksiçi Çingiz Anarbek öğli Moskvaning Taganka tuman sudida qilgan işidan tavba qilayotganini aytdi. Sudda taksiçiga nisbatan ehtiyot çorasi belgilaş masalasi körib çiqilmoqda.

“Men barçadan keçirim sörayman. Men ikki kun uxlamadim. Oilamni boqiş uçun deyarli tinmay işlaşimga töğri keldi. Men nima bölganini özim tuşunmay qoldim, uyqusizlikdan toliqqan edim va gaz tepkisini adaştirib yubordim. Men aybimni töliq tan olaman va jabrlanganlar hamda ularning yaqinlaridan keçirim sörayman”, deb aytgan ayblanuvçi.

Qirğizistonning Jalolobodidan bölgan 38 yoşli erkakning aytişiça, u sud bilan tarjimon yordamida muloqot qilgan. U taksida işlaşdan avval 6 yil oşpazlik qilgan.

Tergov ayblanuvçiga nisbatan ehtiyot çorasi sifatida uni 2 oyga hibsga olişni söragan.

Avvalroq ma'lum qilinganidek, taksiçi boşqaruvni qöldan çiqarib, piyodalar yölkasiga çiqib, 7 kişini urib yuborgan.  

Moskva soğliqni saqlaş departamentida 8 kişi jabrlangani ma'lum qilingan. 17 iyunda jabrlanganlardan 3 nafari şifoxonada qoniqarli holatda qolayotganlari va yaqinda ularga javob berilişi aytilgan.

Ma'lum qilinişiça, jabrlanganlar orasida 2 meksikalik, 2 ozarboyjonlik, 2 rossiyalik va bir ukrainalik bölgan.