Joriy yilning 18 iyun kuni Toşkent şahridagi Botanika boğida ötkazilgan «Top-500» anjumani doirasida şahar hokimi vazifasini bajaruvçi Jahongir Ortiqxöjayev Sergeli avtomobil bozori köçirilişi mumkin bölgan hududni ma'lum qildi.
«Aksariyat hokimiyat mulki va davlat xizmatlarini xususiy sektorga autsorsing asosida topşiramiz yoki sotamiz. Masalan, hokimiyat quriliş işlari, yöl va infratuzilma qurilişi, avtoturargohlarni boşqariş, çiqindilarni qayta işlaş, bozorlar, bolalar boğçalari va poliklinikalar va hokazo.

Şu bugundan tadbirkorlarga aytişim mumkinki, bozorlarni birgalaşib yuritiş imkoniyati bor. Biz katta-katta bozorlarni şahar taşqarisiga olib çiqişni rejalaştirganmiz.
Sizlarga yaxşi biznes taklif etaman: avtomobil bozorini Çinozga köçiriş masalasida. Agar bu işga pul tikib, sarflab köçirmoqçi bölsa, bizning e'tirozimiz yöq», – deydi u.
Şuningdek, Jahongir Ortiqxöjayev barça ulgurji bozorlar, jumladan «Örikzor», «Bektöpi» bozorlari ham şahardan taşqari hududlarga köçirilişi mumkinligini bildirdi.











