Sergeli avtomobil bozori öz faoliyatini odatdagi tartibda davom ettirmoqda va bozorning buzilişi haqidagi xabarlar haqiqatga töğri kelmaydi. Bu haqda Toşkent şahar hokimligi xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, hozir bozor hududida sotuvçi, xaridor va mijoz uçun qulayliklarni oşiriş maqsadida modernizatsiya, ta’mirlaş va obodonlaştiriş işlari olib borilmoqda. Ta’kidlanişiça, loyihaning asosiy maqsadi infratuzilmani yangilaş, xavfsiz va zamonaviy savdo muhitini yaratiş hamda xizmatlar sifatini yaxşilaşdan iborat.
Qayd etilişiça, ma’muriy binoga kiriş joylari yangilanib, granit plita yotqizilmoqda. Şuningdek, hududdagi 16,2 ming m2 maydonni asfalt qiliş rejalaştirilgan.
Xabarga köra, bozor hududiga avtomobillarning kirişi uçun inson omilisiz işlaydigan avtomatlaştirilgan tölov tizimi ham joriy etiladi. Mutasaddilar bu kiriş jarayonini tezlaştiriş, şaffoflikni ta’minlaş va mijozlar uçun qulaylik yaratişga xizmat qilişini ta’kidlamoqda.
Hokimlik bozorning buzilişi haqida tarqalayotgan xabarlarni rad etib, amalga oşirilayotgan işlar hududni rivojlantiriş, tadbirkorlar faoliyati uçun şaroitlarni yaxşilaş hamda poytaxt aholisi uçun yanada qulay muhit yaratişga qaratilganini bildirdi.












