Xitoyda Psearcher jurnalining «Özbekiston - keng kölamli islohotlar mamlakati» nomli maxsus soni çiqarildi. Rangli tasvirlangan naşrda sönggi yillarda Özbekistonda ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlar ta'kidlanadi. Özbekistonda qonun ustuvorligini ta'minlaş, davlatning demokratik poydevorini mustahkamlaş borasida erişilgan yutuqlarga ijobiy xarakter beriladi.

Naşr materiallarida Özbekistonning sarmoyaviy salohiyati va biznes yuritiş uçun ma'muriy tösiqlarni bosqiçma-bosqiç olib taşlaş böyiça ijobiy özgarişlar, kiçik va xususiy tadbirkorlarga kredit beriş jarayonlari soddalaştirilganligi, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş böyiça prezidentning Vakillik instituti taşkil etilişi töğrisida batafsil ma'lumotlar joylaştirilgan.
Naşrda Özbekiston ijtimoiy siyosatining ustuvor yönalişlari haqida ma'lumot berilib, ta'lim, onalik va bolalik salomatligi sohalarida erişilgan yutuqlarga alohida e'tibor qaratildi. Öquvçilar sönggi yillarda yaratilgan fuqarolik jamiyati institutlarini şakllantiriş jarayoni, turli millatlar, dinlar va madaniyat vakillarining tinç-osoyişta yaşaş şaroitlari bilan tanişadilar.
Fuqarolarning faolligini rağbatlantiriş va davlat organlari bilan aloqa mexanizmlarini rivojlantirişga alohida e'tibor qaratilgan. 2016 yildan mamlakatning barça hududlarida faoliyat yuritayotgan prezident Xalq qabulxonalari samaradorligi ta'kidlangan.











