2018 yilning 15 iyun kuni boş prokuror O.Murodov Yevropada xavfsizlik va hamkorlik taşkiloti boş kotibi Tomas Greminger bilan uçraşdi. Bu haqda Boş prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Boş kotibga Özbekistonda inson huquqlarini himoya qiliş, huquqbuzarliklarni oldini oliş, terrorizm va korrupsiyaga qarşi kuraşiş, tadbirkorlik va investitsiyalarni rivojlantiriş sohalarida amalga oşirilgan işlar yuzasidan ma'lumot berildi.

T.Greminger Özbekiston Respublikasi prezidentining BMT Boş Assambleyasi sessiyasida bayon etgan taşabbuslarini qöllab-quvvatlaşini alohida ta'kidlab, jumladan, YeHXT rahnamoligida iyun oyida Toşkentda ekstremizmga qarşi kuraşişda yoşlarning roli borasida ötkazilgan xalqaro anjuman ahamiyatini e'tirof etdi.

T.Greminger Özbekistonda şiddat bilan keçayotgan yangilanişlar jarayoniga töxtalib, bu öz örnida butun Markaziy Osiyo mintaqasiga ijobiy ta'sir etayotganligi ta'kidladi.

Boşqa barça sohalarda yangilanişlar uçun negiz sifatida huquqiy islohotlar va qonun ustuvorligini ta'minlaş nihoyatda muhimligini tasdiqlagan holda, janob T.Greminger bu yönalişda Özbekiston sa'y-harakatlarini kelgusida ham qöllab-quvvatlaşga tayyor ekanligini bildirdi.

Taraflar YeHXTning har uç yönalişini qamrab oluvçi hamkorlikni yanada mustahkamlaşning amaliy jihatlarini muhokama qildilar.

Taşkilotning mazkur sohalar böyiça platformasi va vositalari hamda töplangan ekspertlik salohiyati Özbekistonda keçayotgan islohotlar jarayonida qöllanilişi ta'kidlandi.