“Davlat mulki obektlarini sotiş va davlat mulkini ijaraga beriş böyiça elektron savdolar ötkaziş tartibi töğrisidagi nizomni tasdiqlaş haqida”gi hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar bermoqda.
Mazkur qaror bilan “Davlat mulki obektlarini sotiş va davlat mulkini ijaraga beriş böyiça elektron savdolar ötkaziş tartibi töğrisida”gi Nizom tasdiqlandi.
Uşbu Nizom elektron şaklda ötkaziladigan auksionlar va tanlovlar vositasida mas'uliyati çeklangan jamiyatlarning ustav fondlaridagi (ustav kapitallaridagi) davlat uluşlarini, davlat köçmas mulk obektlarini sotiş tartibini hamda davlat mulkini nodavlat yuridik va jismoniy şaxslarga ijaraga beriş tartibini belgilaydi.
Nizomga muvofiq, savdolarni ötkaziş uçun sotuvçi (ijaraga beruvçi):
• operator bilan veb-portalda savdolarni ötkaziş böyiça elektron xizmatlar körsatilişi böyiça şartnoma tuzadi;
• auksion (tanlov) sanasini belgilaydi;
• oçiq auksion (tanlov) ötkazilişidan kamida öttiz kun oldin, obektlarni ijaraga beriş holatlarida esa — auksion ötkazilişidan kamida 15 kun oldin «Birja» gazetasida va Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahrining davriy matbuot naşrlarida hamda özining rasmiy veb-saytida oçiq auksion (tanlov) töğrisidagi bildirişnomani e'lon qiladi.
Auktsion iştirokçisi sifatida röyxatdan ötiş uçun veb-portalda savdolarda iştirok etiş uçun belgilangan şaklda buyurtmanomani röyxatdan ötkaziş lozim.
Buyurtmanoma ERI (elektron raqamli imzo) bilan tasdiqlanadi va unga zakalat kiritilganligini tasdiqlovçi tölov hujjatining elektron (skaner qilingan) nusxasi ilova qilinadi.
Bunda tölov hujjatining tölov maqsadi katagida uşbu lot böyiça zakalat kiritilgan lotning raqami körsatilişi kerak.
Bir neçta auksion (tanlov) obektlari böyiça zakalatni kiritiş alohida tölov hujjatlari bilan amalga oşiriladi.
Uşbu tanlovda (auksionda) iştirok etiş uçun arizalar bergan iştirokçilarga, elektron poçta va (yoki) SMS-xabar beriş orqali tanlov (auksion) natijalari töğrisida xabarnoma avtomatik tarzda yuboriladi.
Oldi-sotdi (ijara) şartnomasini tuzişdan boş tortgan yoki uni rad etgan auksion (tanlov) ğolibiga uning tomonidan kiritilgan zakalat miqdori qaytarilmaydi.












