Tahririyatimizga joylardan doimiy ravişda murojaatlar kelib tuşadi. Ularning aksariyati haqli murojaat. Şunday murojaatlardan biri Farğona viloyati Uçköprik tumanida istiqomat qiluvçi, dehqonçilik bilan şuğullanuvçi fuqarolardan jönatilgan. Murojaatda “Farğonada xalq dardini kimdur eşitadimi? Hokim oxirini öylamay qaror çiqaradi. Prokuror bilganini qiladi. Suriştirmay protest kiritadi. Dehqon puliga kuyib qoladi. Bizning arzimizni tinglovçi bormi özi?” deyilgan. Murojaatni batafsil örganiş uçun Farğona viloyatiga bordik.

Murojaatni muammoga uçragan dehqonlarning jamoatçi himoyaçisi Yölçiboy Ismoilov bilan suhbatlaşişdan boşladik. 2017 yil 26 iyul kuni Uçköprik tuman hokimi M.Dehqonovning 1008 sonli  qarori bilan fuqaro D.Yusupovga Maşad m.f.y. Maşad qişloği 561q-konturda joylaşgan yerning 0,35 gektar qismi dehqon xöjaligi taşkil qiliş uçun ajratilgan.


Aslida bu yer bir vaqtlar 1 gektarga yaqin maydonni egallagan. “Qişloqqurilişinvest” injiniring kompaniyasi Farğona filiali uçun 59 sonli qaror bilan namunali uy-joy quriş uçun ajratilgan. 2011 yilda kompaniya bu hududda 11 ta uy-joy qurişni rejalaştirgan. Bor yöği 3 ta uy-joy qurgaç faoliyatini töxtatgan. Şundan söng yer taşlandiq holda 2017 yilgaça yotgan.

Biroq D.Yusupovga berilgan yer masalasida tuman prokurori F.N.Aliyev 1008 sonli hokim qarorini bekor qiliş böyiça protest bildiradi. D.Yusupovning nomida 0,10 gektar yer maydonidan iborat yaşab turgan hovli-joyi mavjudligi va dehqon xöjaligi yuritiş uçun ajratilgan yer maydoni qonun talablariga rioya qilinmaganligi asos sifatida körsatiladi. 

Şunday qilib hokim 2017 yil 17 noyabr kuni 1511 sonli qarori bilan protestni qanoatlantirgan. Qarorning 3 qismida yer resurslari va davlat kadastr bölimi boşliği A.Nişonovga yerni tuman yer zaxirasiga oliş haqida körsatma beradi. Oqibatda D.Yusupov yerdan ajraydi.

Oradan vaqt ötib fuqarolar D.Yusupov, X.Mexmonov, B.Usuvaliyev va E.Pölatovlar dehqon xöjaligi taşkil etiş maqsadida şu konturdagi maydonni sörab hokimiyatga murojaat qilişadi. 2018 yil 28 mart kuni 538 sonli qaror bilan ularga 0,20 gektardan (jami 0,80 gektar) yer maydoni ajratib beriladi. Yer maydoni davlat röyxatidan ötkaziladi va guvohnoma beriladi.