Fransiya prezidenti Emmanuel Makron öziga kerakli darajada murojaat qilmagan maktab öquvçisiga tanbeh berdi. Bu haqda Reuters xabar qilmoqda.
Makron Şarl de Gollning nutqiga 78 yil tölişi munosabati bilan taşkil etilgan marosimda iştirok etdi. Aynan şundan söng Fransiyadagi Qarşilik harakatiga start berilgan.
Tadbir davomida tineyjyerlardan biri prezidentga: «Işlar qanday, Manu?» deya murojaat qilgan. Makron unga darhol tanbeh berdi.
«Sen rasmiy marosimdasan va özingni şunga mos ravişda tutişing lozim. Özingni ahmoqdek körsatişing mumkin, biroq bugun, biz «Marseleza» va «Partizanlar qöşiği»ni aytayotganimizda, sen menga faqat «janob prezident» yoki «ser» deb murojaat qilişing şart», - dedi Fransiya prezidenti.
Şundan söng Makron marosimda qatnaşayotgan boşqa şaxslar bilan söraşişda davom etgan.












