Hindistonning Assam ştatida texniklar bankomat içida ğajilgan va mayda bölaklarga bölib taşlangan umumiy qiymati 1,2 mln rupiy (17,6 ming dollar) bölgan pullarni topişdi. Bu haqda «Bi-bi-si» xabar qilmoqda.
Texniklar yana taxminan 1,7 mln rupiy (25 ming dollar)ni qutqarib qolişgan.
Bankomatga xizmat körsatuvçi işçilar ğajib taşlangan kupyuralar orasidan ölik kalamuşni topişgan, şuning uçun banknotalarni aynan kemiruvçilar yöq qilib yuborgani gumonlanmoqda.
Politsiyadan aytişlariça, hayvonlar, katta ehtimol bilan, bankomat içiga kabellar uçun teşikdan kirib olgan. Bankomat 12 kun davomida işlamadi, şundan söng uning içini oçib körişdi.


Ğajib taşlangan pullar tasvirlangan fotosuratlar tvitterda foydalanuvçilar tomonidan faol ravişda tarqatildi. Xususan, SNN’ning hind jurnalisti kalamuşlar qiymati 12 ming rupiy bölgan öz uyasi ustida juda yaxşilab işlaşganini aytib, hazil qilgan.












